Toshkentda katta shahar shovqin-suronidan qochib, mazali qahva ichib, do‘stlar davrasida yoki sevimli kitob bilan vaqt o‘tkazish uchun doimo biror noodatiy joy topiladi. Ushbu maqolada e’tiboringizga poytaxtning eng qulay qahvaxonalari beshtaligini taqdim etamiz. Tanlovingizni yanada aniqroq qilish uchun platformamizni ko‘zdan kechiring, bu yerda haqiqiy mehmonlarning fikrlari va reytinglari yig‘ilgan.
Bon!
Agar Toshkentni tark etmasdan Parijga tashrif buyurishni xohlasangiz, Bon!’ga marhamat. Shahar bo‘ylab joylashgan fransuz qahvaxonalari tarmog‘i nafaqat qahva, balki haqiqiy gastronomik sayohatni taklif qiladi. Bu qahvaxona maroqli suhbatlar yoki yolg‘iz vaqt o‘tkazish uchun ideal joydir.
Sharh reytingi: 4.7/5 — Bon! o‘zining fransuz atmosferasi va qahva sifati uchun yuqori baholangan.
Manzillar va ish vaqti:
Toshkent, Bobur ko‘chasi, 36: 08:00 - 23:00
Andijon, Istiqlol ko‘chasi, 15: 08:00 - 22:00
Buxoro, Navoiy ko‘chasi, 24: 08:00 - 22:00
Umumiy 26 ta joylashuv, batafsil ma’lumot veb-saytda.
B&B eshiklari nonushtasiz tongni tasavvur qila olmaydiganlar uchun doimo ochiq. Kechasi soat 3 gacha ishlaydigan bu qahvaxonalar tarmog‘i ham mehmonlariga nafaqat kuchli qahva, balki Instagrambop nonushta menyusini ham taklif etadi. Urbanistik dizayn, yumshoq o‘rindiqlar va yuqori darajadagi xizmat sifati B&B ni boshqa qahvaxonalardan ajratib turadi. Agar siz B&B’ning doimiy mijoziga yalanishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, keshbek dasturidan foydalanishni unutmang!
Sharh reytingi: 4.6/5 — Mehmonlar B&B’ning betakror ta’m va noodatiy ko‘rinishga ega nonushtalarini alohida e’tirof etishadi.
Manzil va ish vaqti:
Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 13: 08:00 - 03:00
Chaykof - bu an’analar va zamonaviylik uchrashadigan joy. Bu yerda sharqona mehmondo‘stlik muhitiga sho‘ng‘ib, mazali qahva yoki yangi pishirilgan kruassanlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Shahar markazida xotirjamlik va qulaylik izlayotganlar uchun ideal joy.
Sharh reytingi: 4.8/5 — Chaykof o‘zining do‘stona xodimlari va qulay muhit uchun yuqori baholanadi.
Manzillar va ish vaqti:
Mirabad tumani, Said Baraka ko‘chasi, 15 — 08:00 - 22:00
M.Ulug‘bek tumani, Kori Niyoziy ko‘chasi, 61 — 08:00 - 22:00
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 22 — 08:00 - 22:00
M.Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li, 24-kvartal, 1-uy — 08:00 - 22:00 Manzillar Instagramda: @chaykoftashkent sahifasida "Lokatsiyalar" bo‘limida topish va navigatsiya uchun qulay.
Pie Republic — o‘ziga xos ta’mlar uyg‘unlashgan joy. Qahvaxona kechga qadar ishlaydi, shuning uchun bu yerga nafaqat ertalabki nonushta, balki kechki ovqatni tanovul qilish uchun tashrif buyurishingiz mumkin.
Sharh reytingi: 4.9/5 — Pie Republic o‘zining beqiyos ta’mi va qulay muhit bilan mehmonlarning qalbini zabt etmoqda.
Manzil va ish vaqti:
Shahrisabz ko‘chasi, 33 "a", Toshkent: Dushanba-Shanba 08:00-23:00; Yakshanba 10:00-23:00
Tim’s Coffee & Roastery — sanoat uslubidagi ichki dizayn, yashil o‘simliklar, yumshoq yorug‘lik va yangi tayyorlangan qahva hidi sizga tonggi tetiklikni ulashadi. Tim’s da siz nafaqat ajoyib qahvani, balki yangi pishiriqlar, shirinliklar va sizning kuningizni boyitadigan to‘yimli taomlarni ham topasiz.
Sharh reytingi: 4.5/5 — Tim’s Coffee & Roastery o‘zining xilma-xil menyusi va noyob uslubi uchun yuqori baholanadi.
Manzillar va ish vaqti:
Taras Shevchenko ko‘chasi, 40, Toshkent: 08:00 - 23:00
Shota Rustaveli ko‘chasi, 37, Toshkent: 08:00 - 23:00
Shahrisabz ko‘chasi, 26, Toshkent: 08:00 - 23:00
Tashrifingiz uchun tavsiyalar
Bon, B&B, Chaikof, Pie Republic va Tim’s ularning har biri o‘ziga xos uslubi va menyusi bilan ajralib turadi. Tashrifdan oldin Sharh platformasiga ko‘z yugurtiring, haqiqiy mehmonlarning so‘nggi fikrlari va reytinglari bilan tanishing.