O'z

Moderatsiya: ijobiy yoki salbiy? Tushuntiramiz

28 Fevral, 2024 9:25

blog-single

Saytlarda moderatsiya qilish amaliyoti foydalanuvchilar va biznes vakillariga qator qulayliklar yaratadi. Keling ularni birma-bir qarab chiqamiz.

 

  1. Kontent sifati nazorati. Moderatsiya qilish sharhlarning sifatini nazorat qilish, keraksiz yoki ahloqqa to‘g‘ri kelmaydigan, spam va haqoratli gaplarning oldini oladi. Bu esa foydalanuvchilar uchun professional va yoqimli muhit hosil qilishga yordam beradi.
  2. Negativ sharhlardan himoya. Brend yoki kompaniyalarga qaratilgan tuxmatli, isbotlanmagan va qadr-qimmatini to‘kishga qaratilgan izohlarni o‘tkazmaslik huquqini beradi. Bu esa foydalanuvchilarga foydali va qiziqarli kontentnigina saralashda muhim.
  3. Ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish. Moderatsiya tufayli saytdagi sharhlar obyektiv hamda adekvat ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Shu orqali iste’molchilar asoslangan qarorga kela olishadi.
  4. Ijtimoiy xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash. Moderatsiya nafratli gaplar, kamsitish va boshqa salbiy xatti-harakatlarning tarqalishini oldini olishga yordam beradi, xavfsiz va o‘zaro hurmatga asoslangan onlayn hamjamiyatni yaratishga yordam beradi.
  5. Foydalanuvchi qoniqishining ortishi. Toza va professional moderatsiya qilingan kontent foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi, saytni yanada jozibali qiladi, undan foydalanishni osonlashtiradi. Bu foydalanuvchining sodiqligini oshirish va ularning saytga qaytish chastotasiga olib kelishi mumkin.
  6. Sifatli SEO. Spam va salbiy sharhlardan xoli sifatli kontent qidiruv natijalarida sayt reytingini yaxshilashga yordam beradi, chunki qidiruv tizimlari sahifalarni tartiblashda koʻpincha kontent sifatini hisobga oladi.

Shu sababli ilova va saytlardagi sharhlarni moderatsiya qilish tartibni saqlash, obro‘-e’tiborni himoya qilish va foydalanuvchilarning ijobiy tajribasini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

 

Xo‘sh, bizda qanday? Sizning sharhlaringiz “Sharh” ilovasida qanday moderatsiya qilinadi? Qisqacha tushuntiramiz:

 

“Sharh” ilovasida moderatsiya 2 bosqichda o‘tadi. Dastlab, sun’iy intellekt (ong) va moderatorlar har bir sharhni birma bir o‘qib tekshiruvdan o‘tkazishadi.

 

Sun’iy ong asosan bitta foydalanuvchining bir xil sharhlarni ko‘paytirib, platformaning hamma joyiga yozib chiqmasligini oldini oladi

 

Juda qisqa hamda hamma yerga bir xil yozib qoldirilgan sharhlarni bekor qiladi.

 

Moderatorlar endilikda har bir sharhni mazmuni, mohiyati, ilova ichki qonun qoidalariga qarab saralashadi.

 

Shunday ekan, ikkilanishlar va ortiqcha o‘ylovlarsiz platformamizda faol bo‘lishingiz mumkin. Sharhlar sifati va darajasi yuqori bo‘lishi uchun aynan sizning namunali, savodli va nihoyatda boy ma’lumotlarga ega sharhlaringiz juda kerak. Ularni qanday yozish mumkinligini esa bundan avvalgi maqolalarimizga o‘qib bilib olishingiz mumkin ;)

Ulashish:

O‘z biznesingizni topa olmayapsizmi?

O‘z biznesingizni qo'shing va boshqaring commeta gold dark logo

suitcase image
Loyiha rivojlanishiga hissa qo‘shing

Yordam miqdori

floating money image
Logo

Bizning platformamiz orqali siz yaxshi qaror qabul qilishingiz uchun biz turli kompaniyalar haqida eng yaxshi sharhlarni to'playmiz. Tushlik uchun yaxshi joyni, ishonchli bankni yoki eng yaxshi universitetlarni qidiryapsizmi? Bizning vazifamiz boshqa odamlardan foydali ma'lumotlarni ulashish, sizning tanlovingizni osonlashtirish uchun.

App StorePlay Store

© 2024. Sharh. Barcha huquqlar himoyalangan.