“Sharh” ilovamizda yaxshigina daromad qilish mumkin. Bunga qanday erishishni o‘rganib chiqamiz.
Avvalo ilovadagi profilingizga kirganda sizda quyidagi “Yutuqlar” ruknida sariq rang bilan chizib ko‘rsatganimiz yashil rangdagi “$” belgisiga ega yutuqlarda pul ishlash imkoniyati bor. Masalan, “Boshlovchi” yutug‘ida ilk sharhingizni yoziboq 20 ming so‘m ishlab olasiz. Qolgan barcha yutuqlarda ma’lum miqdordagi sharhlar yozib 50 ming so‘mdan daromad olasiz. Har safar platformada ma’lum bir maqsadga erishilganda, foydalanuvchi mukofot hamyoniga kiritilgan pul mukofotini oladi. Ushbu mablag‘lar platformadan chiqarilishi mumkin.
“Commeta Sharh” jamiyatidagi faolligingiz, ko‘plab layklar olishingiz hisobiga ham yutuqlarni o‘zingizniki qilasiz. Ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, daromadingiz ham oshib boraveradi. Platforma rivojiga hissa qo‘shgan har bir foydalanuvchimizni rag‘batlantirish birgalikda rivojlanishimizning mustahkam garovi.
Daromadlaringiz mana shu kartada aks etadi.
Ammo platformadan faqatgina moddiy manfaat ko‘zlash noto‘g‘ri. Sababi siz bugun qabul qilgan har qanday qaror ertaga yaqinlaringiz, do‘stlaringiz, yor-u birodarlaringiz uchun ham foydali bo‘lishi aniq. Keling, shu o‘rinda sharhlar platformasidan yana qanday foydaga ega bo‘lishingiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
- Sharhlaringiz boshqa foydalanuvchilarga o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni topishda katta yordam beradi. Jamiyatga beqiyos yordam qo‘lini cho‘zasiz
- Platformadagi faollik boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilishingiz, umumiy mavzularda tajriba va fikr almashishingiz ortidan hamfikrlar doirasini qurishingizga ko‘maklashadi.
- Aynan sizning sharhingiz qaysidir maskan egasiga biznesini yaxshilash, xizmat sifatini ko‘tarishga yordam beradi. Umumiy sifat oshishi sizning ham o‘sha yerga borishingiz uchun rag‘bat tug‘diradi. Ya’ni siz bevosita ta’sir o‘tkaza olasiz.
- Qanchalik g‘alati eshitilmasin, biroq sharhlar platformasi ko‘nikmalaringizni rivojlantiradi! Axir siz fikrlaringizni yozish, taaassurotlaringizni tahlil etish orqali yozish borasida tajriba to‘playsiz, kommunikatsiya imkoniyatlaringiz oshadi. Namunali foydalanuvchilar har doim ommaning olqishiga sazovor bo‘lishgan.
- Doim trendda bo‘lasiz. Axir siz turli sohalardagi sharhlarni o‘qish orqali texnologiyalar, moda, madaniyat va boshqa dolzarb kundalik mavzulardagi yangiliklardan doimiy tarzda voqif bo‘lib borasiz. Bora-bora muayyan sohalardagi fikrlaringiz teranlashadi. Ijtimoiy faol auditoriya orasida o‘ziga xos obro‘ga ega bo‘lasiz. Tasavvur qilib ko‘ring, birgina platforma sizga mutaxassislik imkoniyatini taqdim etadi.
‘“Sharh”da qanday qilib mavqega ega bo‘lish mumkin o‘zi’, deb savol berayotganlarga ham bir qancha javoblarimiz bor.
— Avvalo doim haqiqatni yozing. Haqiqat va shaffoflik, dalillarni bo‘rttirmasdan boricha taqdim etish sizga nisbatan ishonchni shakllantiradi
— Sharhlaringizni bosqichlarga bo‘lib chiqing, mayda detallargacha ahamiyat bering, ma’lumot bilan boyiting
— Sharhlaringizda rasmlar ishlatishni unutmang, ular odamlarga tasavvurni boyitishda beqiyos ko‘makchi sanaladi
— Faollikka e’tibor bering. Qancha ko‘p sharh yozib fikr bildirsangiz, kuniga platformaga kirib qaydlar bitsangiz, auditoriyaning sizga ishonchi ortadi, o‘quvchilaringiz ko‘payadi
— Sharhlaringizga bildirilgan izohlarga javob yozing. Muhokama qilish tanqid va takliflarni qabul qilishingiz, muloqotga ochiqligingizni ifodalaydi
— Mabodo qaysidir sohada bilimlaringiz anchagina bo‘lsa, albatta buni bildiring. O‘sha sohaga ixtisoslashib doimiy tarzda fikrlar berib borsangiz ham mayli
— Hech qachon tanqidiy sharh yozayotganda qo‘pollik va odob-axloq chegarasidan chiquvchi so‘zlarga o‘tib ketmang. Unutmang, qanchalik ijobiy, konstruktiv va adolatli fikrlar yozsangiz, shunchalik o‘z atrofingizda sifatli auditoriya to‘play olasiz
— Biror maskan yoki xizmat ko‘rsatuvchini maqtamoqchi bo‘lsangiz, albatta buni amalga oshiring.
Kelgusi maqolalarimizda yana ko‘plab sohalarda sharhlarni qanday yozish borasida ham tavsiyalar beramiz.