O'z

Sharh: maqsad va vazifalar, biznes va eng to‘g‘ri tanlov uchun takliflar

12 Dekabr, 2023 5:27

blog-single

Sharh: maqsad va vazifalar, biznes va eng to‘g‘ri tanlov uchun takliflar

Tasavvur qiling oilangiz bilan kechki ovqat uchun biror joyga bormoqchisiz. Odatda o‘zbekistonliklarning aksariyati bu vaziyatda Telegram guruhlariga yozib tanish-bilish, yor-u birodarlaridan tavsiya so‘raydi. Va tabiiyki, tavsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, bosh qotishi uzoq davom etadi. Bir to‘xtamga kela olmagach, nima qilasiz? Barakalla, doimiy boradigan yemakxonangiz tomon yo‘l olasiz. Sababingiz bitta: “Tekshirilgan, sinovdan o‘tgan, taomlari mazali!”.

Biroq 21-asrda zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan to‘laqonli foydalanish zarar qilmaydi. Telegram guruhlarining ham o‘z o‘rni bor, tortishmaymiz. Biroq ayni davrda qo‘l ostingizda qanchalik ko‘p vositalarga ega bo‘lsangiz, shunchalik yaxshi. Masalan, biror mahsulot yoki xizmat ko‘rsatuvchi joylar haqida sharhlarga. Endilikda siz nafaqat restoran yoki ovqatlanish maskanlari, balki kundalik hayotda juda zarur bo‘lgan boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalari haqida ham bir joyning o‘zida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun butun boshli ilova yaratdik.

Barchasi bir joyda

“Commeta” ekotizmimizning bir qismi bo‘lgan “Sharh” ilovamizning ichida siz turli-tuman ijtimoiy tarmoqlar-u saytlarga kirib ham topa olmaganingiz, qidiruv tizimlarida o‘zini oqlamagan, chala, biror dalil bilan isbotlanmagan sharhlarning butkul teskarisini o‘qiysiz. Bu yerda o‘zingiz izlagan xizmatlar haqida faqat eng sara, eng kerakli, to‘laqonli sharhlarga ega bo‘lasiz. 150 dan ortiq toifadagi mahsulot hamda xizmatlar haqidagi fikrlar, tanqid yoki shikoyatlar bilan birga ularning afzalliklari haqida ham yozib qoldirishingiz, boshqa foydalanuvchilarni ogohlantirishingiz mumkin. Ilova sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv mexanizmi bilan ishlaydi.

Eng yaxshisini topasiz

O‘zingizga keraklisini bir zumda topasiz. Yozilgan sharhlar kompas misoli sizni eng sara, ilg‘or xizmat sifatiga yetaklab boradi. Izohlardagi dalillari, keltirilgan fikr va mulohazalar orqali “qaysi biri eng yaxshi?”, savoliga javob olasiz. Axir qaror chiqarishda bu eng asosiy ko‘rsatkich.

Xizmat sifatini oshirish

Birgina ilova orqali sevimli maskaningizdagi xizmat ko‘rsatish darajasini bir necha karra orttirish o‘z qo‘lingizda. Aynan sizning izohlaringiz, taklif va mulohazalaringiz biznes egalariga oyna tutadi, faoliyatlaridagi ko‘z ilg‘amas kamchiliklarga e’tibor qaratishga undaydi. Natijada nafaqat o‘zingiz, balki oila-a’zolaringiz, do‘st va yaqinlaringiz uchun ham yuqori darajadagi xizmat sifatini ta’minlab berasiz.

Muammolarni hal etish

Yoki deylik, biror muassasada sizga nisbatan qo‘pollik qilindi, xizmat sifati sizni qoniqtirmadi yoki boshqa ko‘ngilsizlik yuz bergan taqdirda bu haqda “Sharh”da yozishingiz, muassasa rahbarlarini harakatga chorlashingiz mumkin. Ayni vosita o‘z rivoji va mijozlariga befarq bo‘lmagan har bir biznes egasi uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i vazifasini o‘taydi.

Rag‘batlantirilish

Bu hali hammasi emas. Siz yozib qoldirgan ilk sharhingiz uchun 20 ming so‘m miqdorida mukofot, keyinchalik sifatli izoh yozishdagi faollik darajasiga muvofiq muntazam ravishda bir qator “Muvaffaqiyatlar” to‘plashingiz mumkin. Ushbu to‘plangan yutuqlar ma’lum miqdorlardagi pulli rag‘batlantiruvchi bonuslar olishga yo‘l ochadi. Ma’lum bir toifadagi sharhlar soni bilan o‘lchanadigan mezon asosida “Mutaxassis”, “Guru”, “Yulduz”, “Gurman”, “Stilist”, “Chempion”, “Hayvonlarning do‘sti”, “Daho” va hokazo unvonlar hamda ularga belgilangan pulli mukofotlarga ega bo‘lasiz.

Biznes egalari uchun ajoyib instrument

Xoynaxoy borgan maskanlaringizda “Taklif va shikoyatlar” uchun deb yozilgan va ehtimol hatto ochib ko‘rilmaydigan kitob yoki daftarga ko‘zingiz tushgandir. Biroq zamonaviy texnologiyalar davrida buni ham avtomatlashtirish fursati allaqachon kelgan. “Sharh” bor ekan, alohida daftarga hojat yo‘q. Shunchaki har doim cho‘ntakda yuradigan va kunimizning asosiy qismi o‘tadigan smartfonlarimizdan “Sharh”ni topib, ochib o‘qish kifoya.

Ilova biznes egalari uchun mijozlar talab va istaklarini chamalash, aniqlash va shunga mos yo‘nalish asosida ko‘rsatayotgan xizmat sifatini yaxshilash uchun vositalar taqdim etadi. Platformaning “Biznes uchun” ruknida xizmat ko‘rsatuvchilar foydalanuvchilarning o‘z biznesiga munosabatini raqam, tahlil va dalillar asosida bilib boradi. Va albatta raqobatchilarining xizmatlariga bildirilayotgan sharhlar, taklif-mulohazalarni kuzatishi mumkin. Xizmat sifatining aniq dalillarga asoslangan tahlili kelgusida xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi raqobatbardoshlikni oshirib aholiga sifatli mahsulot taqdim etishga ko‘maklashadi.

Tahririyat reytingi

“Sharh” ilovasida mutaxassislar reytingi ham mavjud. Reyting xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya yoki tashkilot, markazlarning yo‘nalishidan kelib chiqqan holda aynan o‘sha sohalarning mutaxassis va ekspertlarini jalb etgan holda tuziladi. Reytingning asosiy vazifasi sohadagi yetakchi xizmat ko‘rsatuvchilarni e’tirof etish orqali foydalanuvchilarga tanlov borasida ko‘maklashish, biznes egalariga esa o‘z ustida ishlashga turtki berishdan iborat.

Xo‘p, ilova va uning qulayliklari haqida shuncha so‘z yuritdik, endi, keling, shu o‘rinda “Sharh” platformasining yaralish falsafasi, maqsad va vazifalari haqidagi fikrlarini bilish uchun ijodkorlarning o‘zlariga quloq tutamiz.

“Sharh” platformasi Commeta ekotizimining bir qismi. Tez orada ushbu ekotizimda xayriya, shou-biznes va boshqa sohalardagi boshqa loyihalar ham ishga tushiriladi. Jamoa 30 dan ortiq a’zolar, jumladan, 20 dan ortiq dasturchi hamda 10 nafar menejment vakillaridan tarkib topgan.

Sardor Berdiyev, Commeta direktori, (7 yildan ortiq tajribaga ega)

“Commeta” ekotizimi asosan ijtimoiy soha yo‘nalishlarini avtomatlashtirish hamda rivojlanishga qaratilgan. Kelayotgan 2-4 yil ichida 13 yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladigan  “super app” ko‘rinishida foydalanuvchilarga xilma-xil xizmatlardan iborat ekotizimni taqdim etamiz.

Sahibjamal Huydaybergenova Menejer (4 yildan ortiq tajribaga ega)

Loyihalarimizning asosiy vazifalaridan biri insonlar hayotini yaxshilash hamda osonlashtirishga qaratilgan. Bizning kelgusidagi ilovalarimiz ham shu konsepsiya asosida davom etadi. Bu bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.

Sardor Badalbaev “Sharh” (mahsulot menejeri 3 yildan ortiq tajribaga ega)

“Sharh” ilovasining asosiy maqsadlaridan biri mijozlar hamda biznes o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib shaffoflikni ta’minlash. Raqobatni kuchaytirib, iste’molchilarga sifatli xizmat taqdim etish. Biznes egalari o‘z potensal mijozlari fikri bilan tanishib o‘z bizneslarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishiga yordam berish.

Ulashish:

O‘z biznesingizni topa olmayapsizmi?

O‘z biznesingizni qo'shing va boshqaring commeta gold dark logo

suitcase image
Loyiha rivojlanishiga hissa qo‘shing

Yordam miqdori

floating money image
Logo

Bizning platformamiz orqali siz yaxshi qaror qabul qilishingiz uchun biz turli kompaniyalar haqida eng yaxshi sharhlarni to'playmiz. Tushlik uchun yaxshi joyni, ishonchli bankni yoki eng yaxshi universitetlarni qidiryapsizmi? Bizning vazifamiz boshqa odamlardan foydali ma'lumotlarni ulashish, sizning tanlovingizni osonlashtirish uchun.

App StorePlay StoreApp Gallery

© 2024. Sharh. Barcha huquqlar himoyalangan.