O'z

Kompaniyalar reytingi nega kerak?

28 Mart, 2024 3:31

blog-single

Kompaniyalar reytingi nega kerak?

Kompaniyalar reytingi nafaqat iste’molchilar, balki kompaniyalarning o‘zi uchun ham muhim instrument sanaladi. Quyida bir necha misollarda tushuntirib o‘tamiz. Iste’molchilar kompaniya yoki o‘zi murojaat qilmoqchi bo‘lgan tashkilotning ishonchlilik darajasini aynan reyting asosida taxmin qiladi. Reyting boshqa bir iste’molchilarning shaxsiy tajribasiga asoslangan holda muayyan xulosalar chiqarishga ko‘maklashadi. Bu esa mahsulot yoki xizmatni tanlashda aql bilan yondashish, deganidir. 


Qaror qabul qilish. Yuqori reyting mahsulot yoki xizmatning sifatini ko‘rsatib turadi, bu esa xaridorning tezroq bir qarorga kelishini osonlashtiradi. Sharh va izohlar. Reyting barobarida iste’molchilarning sharh va izohlari ham foydali ma’lumot berishi mumkin. Bu esa yangi xaridorga o‘sha kompaniya haqida to‘liqroq tasavvur hosil qilishda juda kerak. 


Iste’molchilar bilan hammasi tushunarli. Xo‘sh, kompaniyalarchi? Avvalo reyting va sharhlar kompaniyalarga qayta aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Mijozlarning xohish va istaklarini bilish orqali o‘zlarining mahsulot hamda xizmatlarini yaxshilashadi. Ishonch ortishi jihatiniku gapirmasak ham tushunarli. Axir yuqori reyting xaridorlarning ishonchini orttirib, ularning oqimini ko‘paytiradi. 


Ijobiy mavqe va yuqori reyting reklama kampaniyalari yoki marketing tashviqotlarida kompaniya imijining mustahkamlanishiga turtki beradi. Shunday ekan, kompaniyalar reytingi xaridor va kompaniyalar o‘rtasidagi shaffof munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, deb bemalol ayta olamiz.


“Sharh Biznes” platformamizda biz ham mahalliy kompaniyalar va tashkilotlarga ana shunday imkoniyatni taqdim etamiz. Ilovadagi reyting tizimi sizga nafaqat o‘z darajangizni yuqoriroqqa ko‘tarish, balki potensial iste’molchilarga ega bo‘lishda ham yordam beradi. Platformamizda aniqlanadigan reyting *Weighted Rating (WR) = [(v ÷ (v + m)) × R] + [(m ÷ (v + m)) × C] formulasi asosida shakllantiriladi. Bunda:

**R**= Kompaniya olgan barcha baholarning o‘rtacha qiymati v = kompaniya olgan baholar soni

m = Kompaniya reytingi formulada inobatga olinishi uchun u olishi kerak bo‘lgan minimal reyting. Bu raqam 5 ga teng (turg‘un ravishda) C = o‘rtacha reyting. Bu raqam 3 ga teng (turg‘un ravishda)

Formula baholar soni (v) va kompaniyaning o‘rtacha reytingini (R) inobatga oladi, shu bilan birgalikda har bir baho olinganidan boshlab qancha vaqt o‘tganiga qarab salmoq (yuk) beradi.


Kompaniyaning baholari kam bo‘lsa, formula eng katta urg‘uni kompaniyaning o‘rtacha bahosiga beradi.Kompaniyaning baholari qancha ko‘p bo‘lsa, formula baholar soni va o‘rtacha bahoni bir tekisda hisobga ola boshlaydi.

Masalan, agar kompaniyaning bahosi 50 bo‘lsa, o‘rtacha reyting 4,5 yulduz, formulada inobatga olinish uchun eng minimal baholar soni 5, o‘rtacha reyting esa 3 ga teng. Shunda reyting quyidagicha ko‘rinish oladi: [(50 ÷ (50 + 5)) × 4,5] + [(5 ÷ (50 + 5)) × 3] = 4,4 Shu tarzda kompaniyaning o‘lchangan reytingi 4,4 yulduzga teng. Ushbu misolda kompaniyaning baholari soni reytingni o‘lchashda uning o‘rtacha reytingidan ko‘proq salmoqqa ega.


Reytingni qayerda ko‘rish mumkin?

Iste’molchilar reytingni bevosita o‘sha muassasa yoki maskanning bo‘limiga o‘tganda ko‘radi. Masalan, “Restoranlar va barlar” ruknida hozircha eng yuqori reyting egasi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan:

Albatta, har bir biznes egasi har qanday platformada ham yuqori reyting olishni istaydi. Bunga erishish esa juda oson. “Sharh” platformasiga a’zo bo‘lish, muntazam hamkorlik qilish, o‘z maskanida iste’molchilar faoliyatiga baho bera oladigan platforma borligini namoyish etish orqali ularning sharhlariga ega bo‘lish, targ‘ib qilish orqali reytingda balandlash imkoniyati mavjud :)

Ulashish:

O‘z biznesingizni topa olmayapsizmi?

O‘z biznesingizni qo'shing va boshqaring commeta gold dark logo

suitcase image
Loyiha rivojlanishiga hissa qo‘shing

Yordam miqdori

floating money image
Logo

Bizning platformamiz orqali siz yaxshi qaror qabul qilishingiz uchun biz turli kompaniyalar haqida eng yaxshi sharhlarni to'playmiz. Tushlik uchun yaxshi joyni, ishonchli bankni yoki eng yaxshi universitetlarni qidiryapsizmi? Bizning vazifamiz boshqa odamlardan foydali ma'lumotlarni ulashish, sizning tanlovingizni osonlashtirish uchun.

App StorePlay StoreApp Gallery

© 2024. Sharh. Barcha huquqlar himoyalangan.