Mobil banking ilovalariga nazar solamiz
O‘tgan galgi maqolamizda onlayn banking allaqachon normal holatga aylangani, moliyaviy ilovalar yoki banklarning mobil ilovalari har birimizning smartfonimizdagi muhim dasturlardan sanalishi sabablarini ko‘rib chiqqan edik. Bugungi maqolada esa “Sharh” ilovasida eng yuqori e’tiroflarga sabab bo‘layotgan moliyaviy banking ilovalari haqida ozroq suhbatlashamiz.
Xalq orasida eng ko‘p foydalaniladigan “Click” ilovasi ro‘yxatimizda hozircha 529 ta sharh va 4.7 yulduzlar bilan yetakchilik qilmoqda. Kompaniya tashkilotlar va odamlar orasidagi moliyaviy munosabatlarni imkoni boricha sodda, himoyalangan va ishonchli qilishni o‘z maqsadi, deb biladi. “Click – bu odamlarning puldan foydalanishlarini osonlashtirishga yo‘naltirilgan mahsulot turi”, deb biladi.
“Sharh” ilovamizda ushbu dasturga berilgan ayrim ta’riflar:
Keyingi o‘rinda “Sharh”da “Payme” ilovasi kelmoqda. 979 ta sharh va 4.7 yulduzlar bilan ushbu moliyaviy onlayn banking dasturi ham foydalanuvchilar mehrini qozongan. Ilovada “Mening uyim” xizmati, to‘lovlar, tushumlar va hisobdagi qoldiqlar, Payme Card elektron hamyoni, elektr, gaz, telefon va ko‘plab boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar, kreditlarni so‘ndirish, internet, televideniye, onlayn uzatuv, sug‘urta, o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar, xosting provayderlar, avia va temiryo‘l chiptalari xaridi va boshqa ko‘plab to‘lov imkoniyatlari mavjud.
Ilovamizda “Payme” haqida bildirilgan va eng ko‘p reaksiya olgan fikrlarni ulashamiz.
Bu o‘rinda kompaniyaning qayta aloqasini kuzatish mumkin
Bir paytlar “Apelsin” nomi bilan tanilgan va so‘nggi yillarda bozorda jadallik bilan o‘sib kelayotgan “Uzum” ilovasi 584 ta sharh va 4.7 yulduzlar bilan ro‘yxatdan joy oldi. Uzum - bu raqamli ekotizimni rivojlantiruvchi kompaniyalar guruhi, ushbu guruhning ichiga moliyaviy xizmat va keng assortimentli marketpleys hamda tezkor yetkazib berish xizmatlari kiradi. Uzum Bank Uzum brendining uchinchi servisiga aylandi. Shuningdek, hozirda ekotizimga keng assortimentli va tez yetkazib beriladigan “Uzum Market” marketpleysi, “Uzum Nasiya” muddatli to'lov servisi, “Uzum Tezkor” restoran va doʻkonlardan tez yetkazib berish servislari kiradi.
“Sharh” ilovasi foydalanuvchilarining dasturga bergan izohlari:
“Asakabank” bankining onlayn mobil ilovasi o‘zini “Siz uchun qulay vaqtda kreditlar, depozitlar, hisoblar tuzing, moliyani boshqaring. Xizmatlar, onlayn chat, valyuta operatsiyalari uchun tezkor to‘lov”, tavsiflaydi. Moliya monitoringi, xizmatlar uchun to‘lov va muhim voqealar haqidagi xabarlarni mijozlar aynan mobil bankingdan topishi mumkin. Ilova 232 ta sharh va 4.6 yulduzlar bilan ro‘yxatimizda yetakchilar qatorida.
Ro‘yxat yetakchilarining hozircha kuchli beshligini “Alifmobi” ilovasi yakunlab turibdi. 4.6 yulduzlar va hozircha 58 ta sharh bilan gigantlarga yetib olishga yaqin. Ilovada O‘tkazmalar – 0.3% Keshbeklar – 2% gacha ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. 1 000 000 dan ortiq insonlar tomonidan yuklab olingan. Kartadan kartaga o‘tkazmalar — 0.3%. Hech qanday oylik limitlarsiz Uzcard va Humo kartalari orasida 0.3% komissiya bilan pul o‘tkazish mumkin. Ilovada “Jamoat transportiga eng oson to‘lov — birgina skaner orqali. Bekat tanlash ham shart emas”, deyiladi.
“Sharh” ilovasi foydalanuvchilarining ushbu ilovaga bergan tavsiflarini ko‘rib chiqamiz.
Ko‘rib turganingizdek, foydalanuvchilar o‘zlari uchun eng qulay bo‘lgan mobil banking ilovalariga baholiqudrat tavsif-u ta’riflar berishmoqda. Siz ham ular qatorida bo‘ling! Hayotingizni osonlashtirib turgan mobil banking ilovalarining yanada yaxshilanishi, xizmat sifatining ortishiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, shaxsiy tajribalaringizni biz bilan ulashing - “Sharh”da sharh yozing!