O'z

Ro‘zada ovqatlanishdagi muhim jihatlar

1 Aprel, 2024 10:07

blog-single

Ramazon oyida ro‘zadorlarning to‘g‘ri ovqatlanishi organizmni sog‘lomlashtiradi, oshqozonga ortiqcha yuklama tushishining oldini oladi. Ayniqsa iftorlikda uzoq vaqt davomida bo‘sh turgan oshqozonga ortiqcha yemak tushishi odamning tobini qochirishi mumkin. Qolaversa, saharlikka haddan ziyod kuchli taomlarni yeyish ham tavsiya qilinmaydi. Navbatdagi maqolamizda sizlarga bir necha tavsiyalar tayyorladik.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘zadorlar sog‘lom ovqatlanish tavsiyalariga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishi mumkin.


Iftorlik va saharlik orasida ko‘p suv ichish tavsiya qilinadi. Kunduzi havo harorati yuqori bo‘lganda ko‘p terlashni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli kun davomida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi.
 

Kofeinli mahsulotlar — kofe, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan maʼqul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishiga olib keladi.

Ro‘zador doimiy harakat qilishi organizmning ko‘p miqdorda suv yo‘qotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari esa tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun bo‘yi harakatsiz o‘tirish ham tavsiya qilinmaydi.


Saharlikka ovqat yeyish lozim. Yengil taomlanish, ayniqsa, ro‘za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, o‘smirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun juda muhim. Birgina suv va xurmo bilan saharlik qilishi yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

Nonushtaga sabzavotlar, tarkibida uglevod bo‘lgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) yoki tuxum kabi oqsilga boy neʼmatlarni isteʼmol qilish foydali.


Ammo shunday toifadagi bemorlar borki, ro‘za tutish ularning salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishini talab qiluvchi va operatsiyadan keyingi davrda bemorlar ro‘za tutishi maqsadga muvofiq emas.


Dori ichishi kerak bo‘ladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining og‘ir ko‘rinishlari hamda qandli diabetda ham ushbu amalni bajarish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, og‘riq bilan kechadigan va og‘riq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham ro‘za tutish mumkin emas. Ular ro‘za tutish niyatida bo‘lsa, oldindan shifokor bilan maslahatlashishi lozim.


Azizlar, aksariyatimiz ishdan so‘ng, do‘stlar yoki oila davrasida ko‘chada iftorlik qilishni ham odat qilganmiz. Xo‘sh, sizningcha, qaysi ovqatlanish maskanlari har tomonlama ro‘zadorlarga mos taomlar tayyorlaydi va xizmat ko‘rsatadi? “Sharh” ilovasida siz ovqatlanish maskanlariga izoh berishda ana shu jihatlarni ham sanab o‘tishingiz mumkin. Sharhlaringiz biz uchun juda muhim!

Ulashish:

O‘z biznesingizni topa olmayapsizmi?

O‘z biznesingizni qo'shing va boshqaring commeta gold dark logo

suitcase image
Loyiha rivojlanishiga hissa qo‘shing

Yordam miqdori

floating money image
Logo

Bizning platformamiz orqali siz yaxshi qaror qabul qilishingiz uchun biz turli kompaniyalar haqida eng yaxshi sharhlarni to'playmiz. Tushlik uchun yaxshi joyni, ishonchli bankni yoki eng yaxshi universitetlarni qidiryapsizmi? Bizning vazifamiz boshqa odamlardan foydali ma'lumotlarni ulashish, sizning tanlovingizni osonlashtirish uchun.

App StorePlay StoreApp Gallery

© 2024. Sharh. Barcha huquqlar himoyalangan.