Bugungi kunda odamlar biror xizmatdan foydalanishdan oldin, masalan, sartaroshxona, kafe yoki restoran tanlashda, ko‘pincha boshqa odamlarning sharhlari yoki tanishlarining fikriga asoslanadi. Bu fikr-mulohazalar ular uchun ishonchli manba bo‘lib, to‘g‘ri tanlov qilishga yordam beradi.
“Commeta” ekotizimi aynan shu ehtiyojni qondiruvchi eng zo‘r yechimni taqdim etadi. Uning bir qismi bo‘lgan “Sharh” platformasi turli xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar haqida haqqoniy va hayotiy sharhlar asosida reytinglar tuzadi. Bu orqali foydalanuvchilar tez va ishonchli ma'lumotlardan foydalanib, o‘z tanlovlarini amalga oshirishlari mumkin.
Shuningdek, platforma orqali foydalanuvchilar o‘z tajribalarini baham ko‘rib, turli kompaniya va mahsulotlar haqida sharh qoldirish imkoniyatiga ega. Bugungi kunga kelib, ilovada 9000 dan ortiq xizmat va mahsulotlar bo‘yicha sharhlar qoldirish mumkin, jumladan, ta’lim, moliya, oziq-ovqat, qurilish, sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab olgan. Platformada Asakabank, Xalq banki, Mkbank, Payme, Evos, Najot Ta’lim kabi mashhur brendlar rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan.
Foydalanuvchilar soni 70 000 ga yetgan bo‘lib, ular tomonidan hozirgacha 400 000 dan ortiq sharh qoldirilgan.
Endi esa foydalanuvchilar nafaqat sharh qoldirish, balki qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ham ega!
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarishingiz kerak:
1. “Sharh” ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting;
2. 10 xil kategoriya bo‘yicha 10 ta sharh qoldiring;
3. “So‘z ustasi” unvonini qo‘lga kiriting – 10 ta sharh qoldirgach, siz ushbu unvonga ega bo‘lasiz;
4. Sharhingizni Instagram’da ulashing – “Sharh” ilovasining ulashish tugmasi orqali sharhingizni Instagram story’siga joylab, @sharh.commeta sahifasini belgilang.
Sovg‘alar:
- Samsung Galaxy S24
- Samsung Galaxy A55
- Galaxy Watch 7
Tanlov muddati: 28-oktyabr – 15-dekabr.
G‘oliblar 22-dekabr kuni Instagram’da jonli efir orqali e’lon qilinadi.
Ushbu tanlovda qatnashib, nafaqat sovg‘alar yutish imkoniga ega bo‘lasiz, balki biznes egalariga o‘z xizmatlarini yaxshilashga yordam berib, boshqa odamlarning ham to‘g‘ri tanlov qilishlariga hissa qo‘shasiz.
Tanlovda ishtirok etib, atrofingizdagi insonlar uchun foydali bo‘ling!