“Sharh” ilovasi foydalanuvchilarga bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi. Shulardan biri anonim bo‘lib qolish imkoniyati sanaladi. Aksariyat foydalanuvchilar uchun bu juda muhim. Avvalo, anonimlik tushunchasiga doir ma’lumotlarni berib o‘tsak.
Sharhlar saytlarida ham boshqa platformalar kabi anonim foydalanuvchi bo‘lishning bir qancha foydali jihatlari mavjud.
- Erkin ifoda etish: Anonim foydalanuvchilar sharhlarini hech bir ikkilanish va jamiyat bosimisiz yozishlari mumkin. Anonimlik ularga odamlarning muhokamasidan qo‘rqish, biror salbiy javob olish xavfidan qutulish imkoniyatini taqdim etadi.
- Shaxsiy hayot daxlsizligi: Anonimlik shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi ta’minlanishi, shaxsiy hayot daxlsizligi, nozik mavzular yoki shaxsiy fikr bildirganda bosimga duch kelishning oldini oladi.
- Ta’qiblardan muhofazalanish: Anonimlik fikr yoki sharhlari sabab ta’qiblar, salbiy reaksiyalardan o‘zini himoyalanishda yordam beradi. Ayniqsa bu bahsli mavzu yoki nizolarda juda qo‘l keladi.
- Obyektiv fikrlar: Anonimlik sabab foydalanuvchilar sharhlarini erkin va bosimsiz yozishi orqali ilovaning boshqa foydalanuvchilari nisbatan obyektiv sharh o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.
Ko‘plab platformalar foydalanuvchilarning anonimligini ta’minlash uchun bir qancha usullarni ishga solishadi.
- Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi: Saytlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari toifasiga kiruvchi elektron pochta yoki IP-manzilni sir saqlaydi
- Birlamchi anonimlik: Foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tmasdan yoki shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etmasdan turib saytni ko‘zdan kechira oladi
- Moderatsiya va filtrlash: Saytlar kontentni faol tarzda moderatsiya qiladi va keraksiz izohlarni filtrlash orqali foydalanuvchilar uchun xavfsiz muhitni yaratadi
- Qayta aloqa va qo‘llab-quvvatlash: Foydalanuvchilar muammo yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelganida yordam so‘ray oladi
- Foydalanuvchilarni o‘rgatish: Saytlar foydalanuvchilarga xavsizliklarini ta’minlash borasida tavsiya va yo‘riqnomalar ishlab chiqishi mumkin. Masalan, shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etmaslik va boshqa foydalanuvchilar bilan muloqotda ogoh bo‘lish borasida.
“Sharh” ilovasi haqida gapirar ekanmiz, anonim foydalanuvchilarimiz ham yuqoridagi barcha xavfsizlik choralari bilan ta’minlanganliklarini ta’kidlamasak bo‘lmaydi. Ya’ni anomim tarzda yozar ekansiz, shaxsingiz to‘g‘risidagi biror ma’lumot uchinchi shaxslarga berilmasligi borasida ko‘nglingiz to‘q bo‘lishi mumkin. Har bir anonim izoh xavfsizlik tizimimiz tomonidan qattiq muhofazaladi. Zero, foydalanuvchilarimizning ishonchi “Sharh” ilovasi kelajagi uchun juda muhim.