O'z

“Sharh”dagi karmoningiz haqida ikki og‘iz

1 Aprel, 2024 10:43

blog-single

Qo‘shimcha hisob yoki karmon tizimi sharhlar haqidagi saytlarda keng uchraydigan amaliyot hisoblanadi. Bu a’zolarga saytdagi faollik uchun beriladigan bonus yoki mukofotlar jamg‘armasini o‘taydi. Mazkur bonuslar turli imtiyoz hamda mahsulotlarga sarflanishi yoki shunchaki yechib olinishi mumkin. Dunyoda keng tarqalgan sharh va izohlar saytlaridagi ana shunday tizimlar haqida qisqacha izoh bersak:

  1. Sharhlarni baholash orqali: Foydalanuvchilar sifatli sharhlar yozish yoki boshqalarning izohlarini baholash orqali bonus ishlashi mumkin.
  2. Faollik ko‘rsatish: Saytda turli-tuman harakatlarni amalga oshirish. Bu izohlar yozish, so‘rovnoma yoki muhokamalarda qatnashish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
  3. Do‘stlarni taklif etish: Saytga yangi foydalanuvchilarni jalb qilish orqali bonuslarga ega bo‘lish.
  4. Mavqe va daraja: Ayrim saytlar foydalanuvchilarni muayyan maqsadlarga erishish yoki faollik darajasiga yetib borishiga qarab ham rag‘batlantiradi
  5. Bonuslar almashuvi: Bonuslar sovg‘a, chegirma yoki boshqa mukofotlarga almashtirilishi mumkin.


Ko‘rib turganingizdek, mukofot jamg‘armalari bo‘yicha turfa misollar bisyor. “Sharh” ilovasi ham bundan mustasno emas. O‘zbekistonda bonusli tizimga ega platformalar kamdan-kam hollarda foydalanuvchiga yoqadigan manfaatli jamg‘arma tuhfa etishini hisobga olgan holda, bizning taklifimiz sizga yoqishiga ishonamiz.

Bizda “Bonus hamyon-Commeta Sharh” platformasida maqsadlarga erishish orqali qo‘shimcha pul ishlash uchun noyob imkoniyat bor.

Karmon quyidagicha ko‘rinishga ega

Bu qanday ishlaydi o‘zi?

Har safar platformada ma’lum bir maqsadga erishilganda, foydalanuvchi mukofot hamyoniga kiritilgan pul mukofotini oladi. Ushbu mablag‘lar platformadan chiqarilishi ya’ni siz ularni yechib olishingiz mumkin.

Maqsadlar: Ular har xil bo‘lishi mumkin, masalan, ma’lum miqdordagi fikr-mulohazalarni yozish, jamiyatda faol ishtirok etish yoki boshqa foydalanuvchilardan yoqtirishlarni (Like) olish. Maqsadlarga qanchalik ko‘p erishsangiz, mukofot hamyoningizga shunchalik ko‘p pul tushadi.

Mukofot hamyoni “Commeta Sharh” hamjamiyatida faol ishtirok etishni rag‘batlantirish uchun yaratilgan. Bu foydalanuvchilarni platformani rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun mukofotlash uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari va fikrlari biz uchun juda muhim va biz ularga ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Sovrin hamyoniga to‘lovlar platformaning shartlari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi

 

Karmoningiz bo‘sh bo‘lsa, faollashing :)

Ta’kidlash kerak, “Sharh”ning yangilangan talqinida mablag‘larni yechib olish oson. Daromad to‘planganidan so‘ng yuqoridagi grafada ko‘rinadi va pastki qismidagi “Pul mablag‘larini yechib olish” tugmasini bosgan holda daromadga ega bo‘lish mumkin.

Ulashish:

O‘z biznesingizni topa olmayapsizmi?

O‘z biznesingizni qo'shing va boshqaring commeta gold dark logo

suitcase image
Loyiha rivojlanishiga hissa qo‘shing

Yordam miqdori

floating money image
Logo

Bizning platformamiz orqali siz yaxshi qaror qabul qilishingiz uchun biz turli kompaniyalar haqida eng yaxshi sharhlarni to'playmiz. Tushlik uchun yaxshi joyni, ishonchli bankni yoki eng yaxshi universitetlarni qidiryapsizmi? Bizning vazifamiz boshqa odamlardan foydali ma'lumotlarni ulashish, sizning tanlovingizni osonlashtirish uchun.

App StorePlay StoreApp Gallery

© 2025. Sharh. Barcha huquqlar himoyalangan.