“Sharh” ilovasidan foydalanishni boshlagan bo‘lsangiz, uning barcha imkoniyatlarini bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Birinchi galda bu “Sharh” ilovasi asosiy funksiyalariga tegishli. Bugun biz sizga umumiy ma’lumotlarni ulashamiz. Qo‘llanma iOS tizimidan (iPhone) foydalanuvchilar misolida ko‘rib chiqiladi.
Dastlab ushbu havola orqali kirasiz va ilovani yuklab olasiz. Yoki smartfoningizdagi App Store ilovasiga kirib quyidagicha yozasiz:
Shundan so‘ng “Sharh” ilovasini yuklab olasiz. Yuklab olganingizdan so‘ng “Open” tugmasini bosib yoki shunchaki smartfoningiz umumiy oynasiga o‘tib ilovaga kirasiz. Kirishingiz bilanoq quyidagi oynaga duch kelasiz. Unda siz
- “Commeta ID”
- iOS tizimidagi Apple ID
- Google akkaunt
- One ID
boshqa ilovalar yordamida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tishingiz va “Meni eslab qolish” tugmasini bosishingiz mumkin. Ushbu tugma yana ilovadan foydalanganda qo‘l keladi.
Qarshingizda ochilgan ushbu menyu pastki qismidagi ikonkalarda:
- Asosiy
- Kategoriyalar
- Tanlanganlar
- Profil
ruknlari joy olgan.
Pastki o‘ng burchakdagi profil belgisini tanlang va ustiga bosing:
Profil ruknida o‘zingizga kerakli bo‘lgan barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz bir joyda jamlanadi.
Barcha kategoriyalar rukniga kirib kerakli bo‘limni tanlaysiz va uning tarkibidagi muassasa va xizmat ko‘rsatuvchi rukniga kirasiz:
Misol uchun, “Osh” ruknida “Kamolon” osh markazida sharh qoldirishingiz uchun shunchaki uning pastki qismidagi “Sharh qoldirish” funksiyasidan foydalanish kifoya:
Bundan tashqari shu yerning o‘zidayoq ovqatlanish maskanini saqlab olishingiz va qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Bir joyning o‘zida birato‘la 3 funksiya xizmatingizga muntazir.
Muassasalarni yulduzcha bilan baholashni ham unutmang: