“Sharh” ilovasi biznes vakillariga qator imkoniyatlar taqdim etishini aytgan edik. Ana shunday imkoniyatlardan biri, shubhasiz, turli sohalardagi kompaniyalarning ilovadagi yuqori ballar reytingi evaziga taniqlilikka erishishidir. Axir aynan yuqori reyting orqali potensial auditoriya o‘z tanlovini amalga oshiradi. Bugun “Ta’lim” ruknimizda real vaqt rejimida hozirgi paytda eng yuqori baho olib yetakchi bo‘lib turgan ta’lim maskanlarini tilga olib o‘tamiz.
122 ta sharh va 4.7 balli yulduzlar bilan yetakchilar safida turgan maktab o‘quv rejasidagi asosiy fanlar bo‘lgan ingliz va matematika bo‘yicha ta‘lim beradi. O‘quv jarayoni robototexnika, notiqlik san’ati, xoreografiya va sport seksiyalari: futbol, gimnastika va shaxmat bo‘yicha mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi.
“Thompson school” asosiy afzalliklaridan biri ta’lim va ta’limning integratsiyasidir. Maktab nafaqat o‘quvchilarning ilmiy qobiliyatlarini rivojlantirish, balki ularning xarakteri va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu maqsadga qo‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘quv rejasiga kiritish orqali erishiladi.
Maskanga berilgan sharhlarning ayrimlarini havola qilamiz:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Yetakchilar ro‘yxatida 144 ta sharh va 4.7 reyting balli bilan kelayotgan ushbu OTM Toshkent shahrida joylashgan, xorijiy tillar taʼlimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim dargohi. Universitet 1992-yilning 12-may sanasida ikki institutning prezident Islom Karimov tomonidan birlashtirilishi ortidan tashkil etilgan. Muassasada 22 mingdan ortiq talaba tahsil oladi (2022-yil). Oliygoh oʻz ichiga 9 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Media va kommunikatsiya (eski Xalqaro jurnalistika), Roman-German filologiyasi, Ingliz filologiyasi, Tarjimonlik, Rus filologiyasi, Sharq filologiyasi hamda uchta Ingliz tili fakultetlari. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.
Toshkent davlat transport universiteti
Reytingning yana bir vakili 33 ta sharh va 4.7 reyting ballari bilan Toshkent davlat transport universiteti transport sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Vector IT Academy
O‘zini “Tajriba ulashamiz! Ushbu akademiyaga IT sohasida o‘z o‘rniga ega, Umar Sadullayev (JoshDeveloper) tomonidan asos solingan”, deb tanishtiruvchi ilm maskani 31 ta sharh va 4.7 ball bilan reytingda yuqori o‘rinni egallab turibdi. Maskan Kurslar, ta’lim xizmatlari va kasbiy ta’lim bilan shug‘ullanadi.
Quyidagilar akademiya mahsulotlari sanaladi:
Unga berilgan izohlar quyidagicha ko‘rinish olgan:
“Najot Ta’lim”
“Sharh” platformasida verifikatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlaridan biri 694 ta sharh bilan 4.8 ballga ega. Mahsulotlari:
“Najot Ta’lim” - dasturlash, dizayn va marketing kabi zamonaviy kasblar o‘rgatiladigan markaz. Bir vaqtning o‘zida 3000 dan ortiq o‘quvchilar va 350 dan ortiq katta jamoani bir maskanga yig‘a olgan ta‘lim va innovatsiya markazi.
Cambridge Learning Centre
Reytingning hozircha eng yuqori pog‘onasi 431 ta sharhlar va 4.8 ball bilan ushbu o‘quv markaziga tegishli bo‘lib turibdi. Cambridge Learning Center - Toshkent shahridagi umumiy ingliz tili va IELTS o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv markazdir. Volontyorlik - Cambridge o‘quv markazining “HOPE” xayriya fondi tadbirlarida volontyorlik qilish imkoniyati. Shogird tushish - Ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarda Cambridge hodimlariga shogird tushib, 3 oy davomida ish o‘rganish imkoniyati mavjudligi aytib o‘tilgan. Aytish kerakki, markazga qoldirilgan aksariyat sharhlar savodli matnlardan iborat.
Ta’lim markazlari va o‘quv yurtlari bo‘yicha reytingdagi kuchli maskanlar hozircha shunday ko‘rinishga ega. Ammo ularning faoliyatiga beriladigan bo‘lg‘usi sharhlar orqali mavqeini yanada mustahkamlash yoki o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undash, kamchilik va yutuqlarini ko‘rsatib o‘tish orqali minglab yoshlarga tanlov qilishda ko‘maklashish aynan foydalanuvchilarimizga bog‘liq. Siz ham ushbu sharhlarda faol ishtirok eting!