O'z

Toshkentdagi TOP-5 ovqatlanish maskanlari

5 Mart, 2024 1:14

blog-single

Avvalroq “Sharh”dagi kompaniyalar reytingi haqida suhbatlashgan edik. Xuddi ana shu asosda bugun ilovadagi “Restoranlar va barlar” ruknida hozirgi damgacha real vaqt rejimida yuqori reytingga ega oilaviy restoranlar, Toshkentdagi mashhur restoranlar, ovqatlanish maskanlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Aytish kerakki, mazkur maskanlar ilovada foydalanuvchilarning eng ko‘p izohlariga ham sazovor bo‘lgan. Demak, qarshingizda Toshkentdagi eng yaxshi restoranlar haqida ma’lumot.


5-o‘rin “Minor somsa” somsaxonasi

1014 ta sharhlar bilan “Sharh” ilovasida “Restoranlar va barlar” ruknining 5-pog‘onasini egallab turgan “Minor somsa”ni Toshkentda bilmaydigan odamning o‘zi yo‘q bo‘lsa kerak. Yunusobod tumanining Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi 1 manzilidagi ushbu yemakxona qator yillardan buyon xo‘randalarning birinchi raqamli tanlovi sanalib keladi. Quyida eng ko‘p reaksiya to‘plagan sharhlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 

 

4-o‘rin “Retro Milliy” milliy taomlar

“Mazali degani qimmat degani emas” shioriga ega ovqatlanish muassasasi oilaviy restoranlar sigmentiga kiradi. Unda enaga bilan bolalar maydoni, jonli musiqa, turkiyalik oshpazlar kabi jihatlar ajratib ko‘rsatilgan. Maskan har kuni, dam olish kunlarisiz 23:00gacha xo‘randalarga xizmat ko‘rsatadi. “Sharh”da 4.8 yulduzlari bilan 116 ta sharhlarga ega. Keling, ushbu restoranga berilgan ayrim e’tiborga molik sharhlarni ko‘rib chiqamiz.

 

 

3-o‘rin “Akmal Oltin Baliq” baliqxonasi

 

Toshkent viloyatining Cho‘lpon ko‘chasida joylashgan baliq markazi “Sharh” reytingida 530 ta sharh bilan 3-o‘rinda kelmoqda. Halol taomlari va mazali baliqlar alohida tilda olingan yemakxona haftaning har bir kunida soat 10:00-23:59 oralig‘ida xizmat ko‘rsatadi. Quyida baliqxonaga bildirilgan eng ko‘p reaksiyali sharhlarni keltirib o‘tamiz.

 

 

2-o‘rin “Shashlik & Somsa”

 

24/7 shaklida har kuni ishlaydigan ushbu oilaviy restoran ham xalq orasida juda mashhur. Shashlik tayyorlash usullari, shashliklar assortimenti, Samarqandcha shashliklari, zo‘r somsalari bilan odamlarning qalbiga kirib borgan. 145 ta sharh va 4.8 yulduzi bilan reytingda 2-o‘rinda kelmoqda. Quyida foydalanuvchilardan kelgan sharh va takliflarni ulashamiz.

 

 

1-o‘rin “Gijduvon Premium Oilaviy”

 

201 ta sharh bilan reytingning ilk pog‘onasini mustahkam egallab turgan ovqatlanish maskani o‘zining ustunliklari sifatida mazali ovqatlari, bolalar maydonchasi, namozxonalari, shinam muhitini e’tirof etgan. Haftaning 7 kunida ishlaydigan maskan Toshkent shahrining Zulfiyaxonim 21 manzilida joylashgan. Ushbu restoranga berilgan sharhlarning o‘ziyoq ijobiy taassurot qoldiradi. G‘ijduvon shashlik, G‘ijduvon shashlik tayyorlash usullari bilan poytaxtda nom qozongan restoranlardan biri.

 

 

Aziz foydalanuvchilar, ushbu reytingning o‘zgarishi va ishonchliroq maskanlar ko‘payishida sizning tanlovingiz va sharhlaringiz juda muhim. Zero, bu kabi reytinglar bevosita aynan sizning talab va takliflaringiz asosida muassasalarning faoliyati yaxshilanishi, iste’molchilar sonining ortishi hisobiga yaxshilanib, o‘zgarib boradi. Faolroq bo‘ling, tajribangizdan o‘tgan maskanlar haqida ko‘proq ma’lumot ulashish orqali nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlang. Talab bor ekan, raqobat bor ekan, siz eng yaxshisini qabul qilib olasiz! Sharh yozing :)

Ulashish:

O‘z biznesingizni topa olmayapsizmi?

O‘z biznesingizni qo'shing va boshqaring commeta gold dark logo

suitcase image
Loyiha rivoji uchun hissa qo‘shing

Yordam miqdori

floating money image
Logo

Bizning platformamiz orqali siz yaxshi qaror qabul qilishingiz uchun biz turli kompaniyalar haqida eng yaxshi sharhlarni to'playmiz. Tushlik uchun yaxshi joyni, ishonchli bankni yoki eng yaxshi universitetlarni qidiryapsizmi? Bizning vazifamiz boshqa odamlardan foydali ma'lumotlarni ulashish, sizning tanlovingizni osonlashtirish uchun.

App StorePlay StoreApp Gallery

© 2025. Sharh. Barcha huquqlar himoyalangan.